To'rtko'l tumanida «Mehir harakati» karvoni yo'lga chiqdi
1153
Yurtimizda o'zganing yordamiga muhtoj insonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, qiyin kunida ularga ko'makchi bo'lish maqsadida boshlangan «Mehir harakati» respublikamizning barcha joylarida davom etmoqda.
Xalqimizga tan bo'lgan bag'rikenglikning ifodasi bo'lgan ushbu harakat negizida ijtimoiy yordamga muhtoj, boquvchisidan ayrilgan yoki yordam berish zarurati bor oilalardan xabar olinib, sovuq kunlarni talofatsiz o'tkazib olishiga ko'maklashilmoqda.
«Mehir harakati» doirasida To'rtko'l tumanidagi yordamga muhtoj bo'lgan 510 ta oilaga «Saxovat va ko'mak» fondi hisobidan birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.




Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati