“Mehr harakati” doirasida Kegeyli tumanidagi yordamga muhtoj oilalardan xabar olindi
1385
Bugungi sinovli kunlarda bir-biriga mehr ko'rsatish, xalqimizning og'izbirchiligini yanada mustahkamlab, yurtimizda inson qadri qimmati katta ekanligining misoli sifatida turmushda o'z tasdig'ini topmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi qo'mita boshlig'i, deputat Dautbay Qurbaniyazov Kegayli tumanida bo'lib, og'ir turmush sharoitida yashayotgan, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga muhtoj va ko'p farzandli oilalarning ahvolidan xabar olib, ular uchun kundalikli oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar hamda xo'jalik buyumlarini tarqatdi.
Yordamga muhtoj insonlarning holidan xabar olish orqali tumandagi 10 ta oilaga mehr va etibor ulashildi. Shuni aytib o'tish kerakki, “Mehr harakati” xayr-sahovat ishlari doirasida oilalarga mamlakatimiz etibori va g'amxo'rligi kirib bormoqda.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati