Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori Erkabay Tadjiev boshchiligida To'rtko'l tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi
2247
Respublika prokurori “Ullibog'” ovulida joylashgan xalqqa suyultirilgan gaz ballonlarini hamda ko'mir tarqatish shahobchasi ishlari bilan tanishib, ko'mir va gaz ballonlarini uzluksiz etkazib berishni ta'minlashni natijali tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga “Mehir harakati” doirasida “Sahovat va ko'mak fondi” hamda homiylar hisobidan chekka hududlardagi xonadonlarga birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.
Homiylar tarafidan “Ko'kcha”, “Paxtaobod”, “Yonboshqal’a” ovulida 48 ta yordamga muhtoj oilalarga gaz plita, isitish pechlari, kiyim-kechaklar tarqatildi. Shu bilan birga uy sharoitida ta'lim olayotgan o'quvchilar holidan xabar olinib, ularga o'quv qurollari, kitoblar, o'quv partasi hamda doskalar topshirildi.
Sog'ligida muammosi bor fuqarolarga dori-darmon, shifoxonada davolanishini ta'minlash maqsadida orderlar berildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati