Respublika prokurori joylarda o'rganish ishlarini olib bordi
1750
Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori Erkabay Tadjiev boshchiligida tegishli soha vakillari Nukus shahridagi gaz bosimi kamaygan “Anasay” mahallasiga borib, fuqarolar bilan suhbatlashdi va vaziyatni yumshatish bo'yicha barcha zarur choralar ko'rilishi haqida tushuntirildi. Ushbu joyning o'zida yuzaga kelgan muammoni hal qilish bo'yicha tegishli soha mutasaddilariga ko'rsatmalar berildi.
O'rganish natijasi bilan xonadonlardagi nosoz holatdagi isitish tizimi uskunalari ta'mirlandi.
Bundan tashqari, Beruniy tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan qurilish- ta'mirlash ishlari ko'zdan kechirilib, kasalxona hududida obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish hamda qurilish-ta'mirlash ishlarini jadallashtirish va sifatli olib borilishini nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.






Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati