Dehqon bozorlarda savdo yarmarkalari davom etmoqda
1371
Bugungi kundagi sovuq ob-havo holatida fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoji ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan Jo'qorg'i Kenges Raisining topshirig'i bilan xalqimizni sifatli, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun joylarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilib, xalqimiz dasturxoniga oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berilishi yo'lga qo'yilgan.
Savdo yarmarkalarida meva, poliz va boshqa birinchi darajali kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda fuqarolarga sotilmoqda. Shuningdek, tegishli soha vakillari tarafidan bozorlarda mahsulotlar bahosining asossiz ko'tarilishining oldini olish bo'yicha muntazam ravishda nazorat qilish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, savdo yarmarkalar ish faoliyatini ko'zdan kechirish bo'yicha tegishli soha vakillari tarafidan Mo'ynoq, Qorao'zak, Beruniy, Bo'zatov, Shumanay tumani dehqon bozorlarida nazorat ishlari olib borildi.
Respublikamizning boshqa joylarida ham oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati