Jo'qorg'i Kenges Raisi tadbirkorlar bilan uchrashdi
1964
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan bir qator tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov qatnashdi.
O'tkazilgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlik subektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ulardan natiyjali foydalanish, shaxsiy tadbirkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish maqsadida bo'lgan tashabbus egalari uchun ajratiladigan imtiyozli kredit xarajatlari, davlat loyihalari doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan rejalar xususida so'z yuritildi.
Keyingi yillarda davlatimizda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida hurmatli Prezidentimiz tomonidan bir qancha qaror va farmonlar qabul qilinib, tadbirkorlarga imtiyozli tartiblarda kredit mablag'larini ajratish keng yo'lga qo'yilgan.
Xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19- apreldagi “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini mablag'lashtirish mexanizmlarini yanada rivojlantirish chora tadbirlari haqqida” gi PQ-212-sonli qarori asosida respublikamizda jami 188 loyihani amalga oshirish belgilandi.
Bundan tashqari 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsiya texnologiyalari va infrastrukturani yanada rivojlantirish orqali xalqning turmush tarzini yaxshilash chora tadbirlari haqqida” gi 213- sonli farmonini bajarish maqsadida jami 565 ta loyiha tasdiqlangan bO'lib bu farmon bilan xalqimiz tadbirkorlariga o'z faoliyatini yuritish uchun bir qancha engilliklar va imkoniyatlar berildi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shu yilning 10 yanvar kuni o'tkazilgan videoselektr majlisida ushbu yilda har bir shahar va tuman hokimlari tomonidan kamida 50 milion aqsh dollari miqdorida investitsiyalarni үzlashtirish bo'yicha topshiriqlar berilgan edi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi investitsiya, Sanoat va savdo vazirligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi shahar va tumanlarning ko'rsatkichi, tabiiy resurslari va boshqa imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan loyiha takliflari ishlab chiqildi va ular orasidan 50 ta loyiha tanlab olindi.
O'tkazilgan tadbirda tadbirkorlarga shu tanlab olingan loyihalar bo'yicha keng ma'lumotlar berilib qabul qilingan farmon va qarorlar bilan berilgan soliqlarning engillashtirilishi, kredit mablag'larini olish tartibi, bu loyihada davlat aktivlaridan samarali foydalanish va boshqa shu kabi ahamiyatli masalalar haqida so'z yuritildi.
Shuningdek majlisda “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini mablag'lashtirish mehanizmlarini yanada kengaytirish chora tadbirlari haqqida” gi qarorning bajarilishi bo'yicha bir qancha ishlar ko'rib chiqildi. Yangi ish o'rinlarini yaratish, investitsiya loyihalarini ishga tushirish va bu loyihadagi paydo bo'layotgan muammolar muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi.












Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati