Taxiatosh tumani markazidagi maktabga qo'shimcha bino qurib berildi
2703
Taxiatosh tumanidagi 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi tumandagi eng ko'p o'quvchi bilim oladigan ta'lim muassasasi bo'lib, hozirgi kunda maktabda 1800 dan ziyod o'quvchi ta'lim olmoqda. Biroq, tuman markazida aholi sonining o'sib borishi natijasida maktabda o'quvchilar soni ham ortib, qo'shimcha o'quv binosiga ehtiyoj yuzaga kelgan edi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi «2022-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish choralari haqida»gi 98-sonli qaroriga muvofiq 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida kapital rekonstruktsiya ishlari hisobidan 4 mlrd. 973,7 mln. so'mlik 540 o'rinli qo'shimcha maktab imorati qurib bitkazildi.
Binoning ochilish marosimida soha rahbarlari, maktab jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashining qo'mita raisi Sh.Utemisov nutq so'zlab, tadbir ishtirokchilarini yangi imoratning qurib bitkazilishi bilan tabrikladi.
Shundan so'ng mehmonlar maktab binosining ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Maktab binosiga qo'shimcha sifatida yozgi sport maydonchasi, ya’ni, sun’iy qoplamali kichik futbol maydonchasi qurib berildi.








Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati