Jo'qorg'i Kenges Raisi iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar va 2023 yilga belgilangan asosiy vazifalarga mo'ljallangan videoselektor majilisini o'tkazdi
1712
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar va 2023 yilga belgilangan asosiy vazifalarga mo'ljallangan videoselektor majilisini o'tkazdi.
O'tkazilgan majlisda 2022 yil yakuni bilan iqtisodiy ko'rsatkichlarning ijrosinda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar, kambag'allikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash, hokim yordamchilarining ishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, muammoli kreditlarning qaytarilishi va subsidiyalarning ajiratilishi, byudjetga qo'shimcha daromadlar tushumini yo'lga qo'yish, ularning manbalarini aniqlash, bozorlarda baholarding barqarorligi ta'minlash va boshqada muammolar tanqidiy ko'rib chiqildi.
Majlisda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov qatnashdi.
Aytib o'tish kerakki, kun tartibida ko'rib chiqilgan muammolar, avalambor, belgilangan iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishishda, aholining bandligin ta'minlashda va tadbirkorlarning, ayniqsa fuqarolarning daromadlarini orttirishda alohida o'rin egallaydi.
O'tkazilgan majlisda respublikamizning iqtisodiyot sohasinda amalga oshirilayotgan ishlar va boshqada muammolar bo'yicha so'z yuritildi.
Xususan, sanoat sohasi bo'yicha 2022 yilga belgilangan prognoz ko'rsatkichining ijrosi ayrim tumanlarda ushbu sohada ishlarning to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi sababli o'sish sur’ati ta'minlanmagan. Bir qancha tumanlarda hosilni qayta ishlashga va ishlab chiqarishga imkoniyatlari, etishtiradigan xomashyo resurslari to'liq etarli bo'lishiga qaramasdan, sanoat sohasinda etarli darajada loyixalar amalga oshirilmagan.
Majlisda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligin ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish yo'nalishida hokim yordamchilari lavozimi joriy etilib, yangi tizim yaratilganligi ta'kidlab o'tildi. Lekin, oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish dasturi asosida 2022 yilda ajratilishi belgilangan engillashtirilgan kredit mablag'lari talab darajasida ajratilmaganligi sababli kredit mablag'lari o'z egalariga etib bormagan. Agar, hokim yordamchilari tomonidan fidoyilik ko'rsatilib, kredit mablag'lari o'z egalariga etib borganda yangi ish o'rinlari yaratilib, oilalar barqaror daromad bilan ta'minlangan bo'lardi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, aholining bandligini ta'minlash masalasida ba'zi tumanlarda qoloqlik holatlari uchrayotganligi ham ta'kidlab o'tildi.
Bundan tashqari, majlisda byudjet tushumlarini amalga oshirish borasida tegishli soha rahbarlari va hokimliklar tomonidan ishlarning to'g'ri tashkil qilinmaganligi sababli, qo'shimcha imkoniyatlardan to'liq foydalanilmayotganligi tanqid qilindi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, 2022 yil boshiga nisbatan tadbirkorlik sub’ektlerida ishlovchilar soni kamayib ketganligi, bank tizimida esa muammoli kredit qarzdorliklari bugungi kunda o'z vaqtida qaytarilmaganligi ham alohida ta'kidlandi.
Shu bilan birga, 218 ta holatda erdan samarali va belgilangan maqsadda foydalanilmagan 55,3 gektar er maydoni hozirga qadar hokimliklarning rezerv fondlariga qaytarib olinmagan. Bundan tashqari, hokimliklarning o'z balansidagi jami 1 ming 124 ta ko'chmas mulklari shu kunga qadar davlat ro'yxatiga olinmagan.
Videoselektor majlisida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni hal kilish, o'z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan ayrim rahbarlarning faoliyatini o'rganib chiqish va zarurat bo'lganda tegishli choralar ko'rish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Majlis davomida belgilangan vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni amalga oshirishda yo'l qo'ygan kamchiliklari va o'z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan ba'zi tuman hokimlarining birinchi o'rinbosarlari hamda hokim yordamchilarini intizomiy jazoga tortish masalasini ko'rib chiqish bo'yicha topshiriq berildi.
Yig'ilish yakunida iqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, muammoli kreditlarning o'z vaqtida qaytarilishini ta'minlash va boshqa sohalarda ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirishni ta'minlash yuzasidan rejalar belgilab olindi.







Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati