Kegeyli tumanida 8 nafar yosh yangi turar joyga ega bo'ldi
1637
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan bolalarning huquqlarini himoya qilish, ayniqsa, chin etim va ota-ona qaramog'idan ayrilgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, shuningdek, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
2021 yil 9 avgust sanasidagi “Chin etim va ota-ona qaramog'idan ayrilgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning yangi tizimini ommalashtirish choralari haqida”gi PQ-5216-sonli qarorining qabul qilinishi ham bu boradagi ishlarning huquqiy asosini belgilab berdi.
Prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Hukumatimiz tomonidan mablag' ajratilib, Kegeyli tumanida ro'yxatda turgan turar joyga muhtoj 8 nafar yoshga barcha qulayliklarga ega yangi uylar berildi. Kegeyli tumani hokimi D.Utemuratov va tegishli soha vakillarining ishtirokida yangi turar joylarning kalitlari o'z egalariga topshirildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati