Jo'qorg'i Kenges Raisi Taxiyatosh tumanini rivojlantirish yo'nalishidagi ishlar yuzasidan majlis o'tkazdi
1629
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev Taxiyatosh tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini orttirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha majlis o'tkazdi.
Unda mas’ul vakillar, tegishli rahbarlar va tuman faollari qatnashdi.
Majlisda Taxiyatosh tumaninda o'tgan yili o'tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlarding ijrosi, erishilgan amaliy natijalar va yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklar haqida so'z yuritildi.
Ta'kidlash joizki, 2022-yilda o'tkazilgan majlisda davlat dasturlari, berilgan topshiriqlarning ijrosida yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklar uchun qator mansabdor shaxslarga intizomiy jazo qo'llanilgan edi.
Bugungi bo'lib o'tgan majlis tanqidiy olib borilib, asosiy maqsad xalqimizning yashash sharoitini yaxshilash, barcha amalga oshirilayotgan ishlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotganligi va bu yo'lda barcha birdamlikda xalq manfaati uchun degan og'ir yukni tortishda, birgalikda ish olib borish zarur ekanligi aytib o'tildi.
Taxiyatosh tumanida aholini tadbirkorlikka tortish, ularning bandligini ta'minlash, daromadini orttirish, kambag'allikdan chiqarish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash masalalarida bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. 2022-yilda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi asosida ajratilishi rejalashtirilgan, engillashtirilgan kredit mablag'larining o'zlashtirilishi ta'minlanmagan, yangidan tashkil etilishi belgilangan kichik biznes sub’ektlarining ish boshlashi yo'lga qo'yilmagan.
Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida barcha sohalarda keng xajmli islohotlar amalga oshirilayotganligi, Taxiyatosh tumanida ham bu borada kambag'allikni qisqartirish va aholining bandligini ta'minlash bo'yicha qator vazifalar Jo'qorg'i Kenges Raisi tomonidan belgilab berildi.
Xususan, “Mahallabay” ishlash orqali xalqning daromad manbaalarini ko'paytirish, kam ta'minlangan fuqarolarga tadbirkorlikni boshlashi uchun ajratilgan engillashtirilgan kreditlar to'liq o'zlashtirilishini ta'minlash, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi asosida engillashtirilgan kredit mablag'larini ajratish, yangi istiqbolli kichik biznes sub’ektlarini tashkil etish orqali yangi ish o'rinlari yaratish, tumanga yangi investitsiyalar kiritish maqsadida loyihalarni amalga oshirish, eksport tahlil ko'rsatkichlarining to'liq ijrosini ta'minlash kabi bir qator yo'nalishlar belgilab olindi.
Shuningdek, har bitta mahallada yangi loyihalarning ishga tushirilishini ta'minlash maqsadida bevosita fuqarolar bilan ishlashuvchi hokim yordamchilari bilan bir qator xotin-qizlar faollari, yoshlar etakchilariga ham vazifalar belgilandi.
O'tkazilgan majlisda topshiriqlarni bajarishda qator xato-kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi va vazifasiga mas’ulyatsizlik bilan qaraganligi uchun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbariga intizomiy jazo qo'llanilib, Taxiyatosh tumani hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosariga qat’iy ogohlantirish berildi.





Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati