Jo'qorg'i Kenges Raisi Xo'jayli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish va aholining bandligini ta'minlash yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan majlis o'tkazdi
1996
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev Xo'jayli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan majlis o'tkazdi.
Bugungi kunda Xo'jayli tumanida 2022-yil o'tkazilgan majlisda belgilab berilgan 24 topshiriqning 20 tasi bajarilgan. Shuningdek, aholini tadbirkorlikka tortish, fuqarolarning daromadini oshirish, kambag'allikdan chiqarish kabi qator yo'nalishlarda kamchiliklarga yo'l qo'yilgan.
Hokim yordamchilari tomonidan jami 26 fuqarolar yig'inidan 11 fuqarolar yig'inida engillashtirilgan kreditlarning to'liq o'zlashtirilishi, 2022 yilda -3,6 mln. dollarlik mahsulotlarning eksporti ta'minlanmagan, shuningdek, 2023 yil hududiy investitsiya dasturi asosida loyihalarning manzilli ro'yxati ishlab chiqilganda, tumandagi imkoniyatlardan va qo'shimcha zaxiralardan to'liq foydalanilmaganligi sababli 2-sektor hududida faqatgina 10 ta loyiha, 4-sektorda esa faqatgina 17 ta loyiha kiritilgan.
Bundan tashqari, Xo'jayli tumanining o'sishini chuqur o'rgangan holda qator mansabdor shaxslarga yangi kichik loyihalarni ishga tushirish topshirig'i berilgan bo'lib, bugungi kunda hali faoliyat yuritishi yo'lga qo'yilmagan ayrim loyihalar “ishga tushdi” deya hisobotlarga qo'shib yozilgan.
Majilis davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining daromadini oshirish va yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan bir qatorda yangi loyihalarni ishga tushirish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida ish o'rinlari yaratish, yangi tadbirkorlik sub’ektlarining ishga tushirilishini ta'minlash yo'nalishidagi bir qator yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tanqid qilindi.
Majlisda eksport ma'lumotlari ko'rsatkichlarining to'liq ijrosini ta'minlash uchun eksportyor korxonalarni ko'paytirish, eksportga yangi mahsulotlarni chiqarish bo'yicha aniq choralar ko'rish, bunda tuman sanoatining o'sishidan keng foydalangan holda yangidan ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratib, bu yilgi eksport hajmini o'tgan yilga qiyoslaganda 2 barobarga oshirish bo'yicha aniq-hisob kitoblar ishlab chiqarilishi zurur ekanligi aytib o'tildi.





Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati