Bildirishnoma!
1743
2023 yil 29 yanvar kuni Nukus shahridagi «Temir jol» MFY hududidagi ko'p qavatli binoda gaz chaqnashi sababli portlash yuz berdi. Voqea joyiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, Vazirlar Kengashi Raisi, Respublika prokurori, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya, tegishli tashkilotlar bilan sog'liqni saqlash hodimlari yetib borib, shu vaqtning o'zida qutqaruv-qidiruv ishlarini olib borish maqsadida tezkor ShTAB tuzilib, barcha zaruriy texnika va ishchi ko'chi safarbar etildi.
Portlash sodir etilgan uyda yashovchi fuqorolar havfsiz joyga ko'chirilib, o'larga kerakli dori-darmon mahsulotlari, uch mahal issiq ovqat va boshqa kerakli narsalar Jo'qorg'i Kenges Raisining topshirig'i bilan ta'minlangan.
Yuz bergan holat oqibatida 3 fuqoro beton konstruktsiyalar orasidan tezkor turda olib chiqilib, shifoxonaga yetkazildi va shifokorlarning ruxsati bilan uylariga qaytishga javob berildi. Shuning bilan birga 5 yashar qiz og'ir betonlar ostidan qutqarib olindi. Hozirda qiz shifokorlar nazoratida. Baxtsiz hodisa sababli qulab tushgan beton konstruktsiyalar tagida 5 fuqoro hayotdan bevaqt ko'z yumdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi olamdan o'tgan insonlarning ota-ona, qarindoshlari va yaqinlariga chuqur qayg'u bilan hamdardlik bildiradi. Jabrlanganlarning tez orada salomatligi tiklanib, sog'ayib ketishini tilaydi.
Voqea oqibatida yuzaga kelgan holatni bartaraf etish ishlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining shaxsan nazorati ostida olib borilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi