Jo'qorg'i Kenges Raisi To'rtko'l tumanida Iqtisodiy va investitsiya yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy-taxliliy ruhda ko'rib chiqdi
1545
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev To'rtko'l tumanida aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risidagi dolzarb masalalar bo'yicha majlis o'tkazdi.
Majlisda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilgan ishlar, berilgan topshiriqlarning ijrosi va boshqa muhim masalalarni ko'rib chiqdi. Aytish joizki, To'rtko'l tumanida bugungi kunda 2022-yilda o'tkazilgan majlisda belgilab berilgan 15 ta vazifaning 12 tasi bajarilgan.
Xususan, aholini tadbirkorlikga jalb qilish, ularning bandligini ta'minlash orqali doimiy daromad manbaini yo'lga qo'yish va kambag'allikdan chiqarishda bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi tanqidga olindi. Unda bir qancha hokim yordachilari fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida ajratilgan kredit mablaglarining o'z egalariga etib borishini yo'lga qo'ymaganligi ta'kidlandi.
Shuningdek, To'rtko'l tumani hokimining iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari hamda tuman hokimining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi boshlig'i qatiy ogohlantirilib, o'z vazifalarini qayta yo'lga qo'yib olishi uchun muddat berildi.
Bugungi kunga kelib tumandagi bir qator mansabdor shaxslarga yangi rejalarni ishga tushirish yo'nalishida bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar bo'yicha amalga oshirilmagan ishlarni hisobotga kiritish holatlari uchramoqda. Yig'ilishda To'rtuko'l tumanida kichik biznes sub’ektlarini ishga tushirish, oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, tumanda yangi investitsiya tarmoqlarini ishga tushirish va boshqa vazifalar belgilab olinib mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.










Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati