Bir qator maktablarda o'quvchilarga iste’molga yaroqsiz, zararkunandalar bilan zararlangan oziq-ovqat berilgani aniqlandi
1330
Jo'qorg'i Kenges Kenges raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan Kegeyli tumanidagi 1, 8, 19 va 55-sonli umumta'lim maktablaridagi o'rganish ishlari davomida qo'pol xato va kamchiliklar aniqlandi.
Xususan, bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan me’yorga javob bermasligi, shuningdek, ichimlik suvi bilan ta'minlanmagani, issiq choy bilan ta'minlash uchun esa sharoit to'liq yaratilmagani ma'lum bo'ldi.
Eng achinarlisi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o'rganilganda olma sharbati iste’molga yaroqsiz ekani, bundan tashqari, qadoqlangan mahsulotlar zararkunandalar bilan zararlangani aniqlandi. Qolaversa, mahsulotlar maxsus avtomashinalarda emas, yo'lovchi transportida etkazib berilgan, turli maktablarda kundalik oziq-ovqat sifatini nazorat qiluvchi komissiya tarkibi tuzilmagan
Hozirda o'rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aybdorlarga chora ko'rish bo'yicha tegishli tartibda ishlar olib borilmoqda.
Aytish joizki, bolalarning ovqatlanishi talablari bajarilishi yuzasidan respublikamizning barcha maktablarida o'quv-tarbiya ishlari olib borilib, maktab direktorlari va aybdorlarga qattiq jazo choralari ko'rilmoqda.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati