Respublikamizga yangi “Tez yordam” avtotransportlari olib kelindi
1443
Bugun Respublikamiz hududidagi bemorlarga “Tez yordam” xizmatining sifatini yaxshilash, tibbiy yordam ko'rsatishni takomillashtirish maqsadida 10 dona yangi avtotransport vositalari olib kelindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligida “Tez yordam” bo'limlari uchun ajratilgan 10 dona zamonaviy “Volksvagen Kaddiy” avtotransportlari kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuni ta'kidlash joizki, joriy yilning yanvar oyida shunday zamonaviy tez yordam avtotransportlaridan 10 donasi olib kelinib, tuman tibbiyot birlashmalariga topshirilgan edi.
Oradan ko'p vaqt o'tmasdan yana 10 dona tez yordam mashinalari Respublikamizga olib kelindi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining axborot xizmati