Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev sayyor qabul o'tkazdi
2494
Qo'ng'irot tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda 4 ta tuman, Qo'ng'irot, Mo'ynoq, Qonliko'l va Shumanoy tumanlari fuqarolari ishtirok etdi.
Ertalab soat 10:00 da bolshangan qabul tungi soat 03:00 ga qadar, ya’ni 17 soat davom etdi.
Unda fuqarolarning murojaatlari atroflicha o'rganilib joyida hal etish choralari ko'rildi.
Masalan, Qo'ng'irot tumani Qirq qiz OFI fuqarosi Q.Өtegenovning 1000 oila yashaydigan ovulga internet tarmog'ini tortib kelish bo'yicha qilgan murojaati joyida hal bo'ldi va shu kunning o'zida ovulga internet tarmog'ini tortish bo'yicha topshiriq berildi.
Mo'ynoqli R.Ayapovaning murojaati bo'yicha tumani tibbiyot birlashmasiga ishga joyylashtirildi.
Shumanoy tumani fuqarosi S.Allanazarov oilaviy bog'cha tashkillashtirigani ammo uni ochish uchun imkoniyati etmayotganini aytib murojaat qildi. Fuqaroning iltimosiga ko'ra bog'chani ochish uchun kerakli bo'lgan kredit bir hafta muddatta ajratib beriladigan bo'ldi. Natiyjada 14 ta yangi ish o'rinlarining yaratilishi ta'minlandi.
Qabulda fuqarolar tomonidan bildiriligan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi. Muddat talab qiladigan murojaatlar Jo'qorg'i Kenges Raisining nazoratiga olindi.
Shu kuni fuqarolardan 700 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo'lsa 55 foizi shu erda hal qilindi.



















Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati