Jo'qorg'i Kenges Raisi bayram oldidan qo'ng'irotli 10 ta xotin-qizlarga yangi uylarni topshirdi
1286
So'ngi yillarda yurtimizda Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta'minlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga og'ir turmush sharoitiga tushib qolgan kam ta'minlangan va uy=joyga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qavncha ishlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev Qo'ng'irot tumanidagi yordamga muxtoj bo'lgan 10 ta xotin-qizlargi yangi uylarning kalitlarini topshirdi.
Aytish joiz Prezidentimizning alohida qarori bilan «Ayollar daftari», «Yoshlari daftari», «Temir daftar»ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash maqsadida tuman hududidan jami 1 mlrd. 664 mln so'mga 10 ta uy-joy sotib olindi.
Zamon talablariga moy ravishda qurilgan bu uylarda hammo sharoitlar yaratilgan. Yangi uylarga ega bo'lgan fuqarolar ko'zlarida quvonch bilan yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan ishlarga minnatdorchilik bildirdi.





Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati