Yigitlar harbiy xizmatga yo'l oldi
2588
Bugun Nukus shaxri markazidagi O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining davlat bayroqlari joylashgan maydonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruvchilarni kuzatib qo'yish va "Vatan tayanchi" harakati a'zolariga ko'krak nishonlar va guvohnomalarni topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so'zga chiqib, yoshlarimizning muddatli harbiy xizmatni o'tashga munosib dep topilib, ona Vatan oldidagi farzandlik burchini ado etishga otlangani va "Vatan tayanchi" harakati a'zolariga ko'krak nishonlar va guvohnomalarning topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta'kidlash joiz so'ngi yillarda Prezidentimiz - Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo'mondoni tomonidan Milliy armiyamiz salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida katta ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tadbir davomida yoshlarga "Vatan tayanchi" ko'krak nishonlar topshirildi va Vatan himoyasiga otlangan bo'lajak posponlarga oq yo'l tilandi.
















Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati