Bo'zatovda yangi sanatoriyaning tamal toshi qo'yildi
2328
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Bo'zatov tumani yangidan tashkillashtirilib, tuman xalqining farovon turmushini ta'minlash, asosiysi odamlarning salomatligini tiklash bo'yicha ko'pgina amaliy ishlar amalga oshirildi. Natiyjada tuman gullab-yashnadi va o'zgacha tus oldi. Odamlarning turmushi yangi bosqichga ko'tarildi.
Aytish joyiz, Prezidentimizning Qoraqalpog'iston Respublikasiga bo'lgan tashrifi davomida berilgan topshirig'iga muvofiq O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Bo'zatov tumanida sanatoriya qurish bo'yicha vazifa belgilab olingan edi.
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev va O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Raisining o'rinbosari Qobiljon Qirg'izaliev Bo'zatov tumani «Erkindәrya» oыul fuqarolar yig'inida yangi sanatoriyaning tantanali tamal toshini qo'yish marosimiga qatnashdi.
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 123 mlrd. so'm mablag' evaziga qurilishi rejalashtirilgan sanatoriya 200 kishiga mo'ljallangan.








Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati