Prezident qarori asosida mahallalarni obot qilish bo'yicha ishlar davom etmoqda
1113
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022-yil 25-oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-408-sonli qarori asosida Qorao'zak tumanida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Qarorga asosan tuman bo'yicha 5 ta mahallada 5 ta loyihani amalga oshirish uchun 6,6 mlrd. so'm mablag' ajratilib, qurilish ishlarini olib borish belgilangan. Bugungi kunga kelib 3,4 mlrd. so'm mablag' doyrasida qurilish ishlari yakunlandi.
Jumladan, 3 ta loyihada 2,8 mld. so'mlik 11,6 km ichki xo'jalik yo'llarni ta'mirlash belgilangan bo'lib, amalda 1,4 mlrd. so'mlik 6,7 km tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi to'shaldi.
Suv ob’ektlari bo'yicha 1 ta loyihada 2,9 mlrd. so'mlik 5 km suv tarmog'ini tortish va chuchuk suv stantsiyasini qurish belgilanib, amalda 1,2 mlrd. so'm miqdoridagi ish ko'lami bajarildi va 4,2 km suv tarmog'i yangilandi. Chuchuk suv stantsiyasini qurish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek boshqa yo'nalishlar bo'yicha «Ata mәkan» MFY hududida tungi yaritish chiroqlarini o'rnatish bo'yicha 1 ta loyihada 840 mln so'mlik ish ko'lami belgilanib, bugungi kunga qadar 715 mln. so'mlik ish hajmi yakunlandi.
Aytish joizki, o'tgan yili «Obot qishloq» jasturi doyrasida birgina «Esimөzek» OFYda 160 o'ringa mo'ljallangan bolalar bog'chasi qurilib, ovuldagi 11-sonli maktab ta'mirlandi. Yangi transformator qurilib, faoliyati to'xtab qolgan shifokorlik punkti qayta ishga tushirildi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati