Nafaqat manzilga, ko'ngillarga ham ravon yo'llarda boriladi
1094
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022-yil 25-oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-408-sonli qarori asosida Qoraqalpog'iston Respublikasida bir qancha ishlar amalga oshirish rejalashtirilgan.
Qaror ijrosini ta'minlash va aholi turmushida uchrayotgan muammolarni hal etish bo'yicha Kegeyli tumanida bir qancha vazifalar belgilab olinib, shundan ichki xo'jalik yo'llarni ta'mirlash bo'yicha 6 mahalla fuqarolar va 1 ta ovul fuqarolar yig'ini hududida 8,5 km tuproq yo'llarga 1,8 mlrd. so'mlik qum-shag'al aralashmasini yotqizish belgilangan edi.
Bugungi kunda loyiha smetada belgilangan 8 km yo'llarga qum-shag'al aralashmasi to'shalib, belgilangan reja yakunlanish arafasida.




Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati