O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'ttiz to'qqizinchi yalpi majlisi ochilishi to'g'risida
953
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'ttiz to'qqizinchi yalpi majlisi 2023 yil 6 aprel kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o'z ishini boshlaydi.
Yalpi majlis videokonferentsaloqa tarzida joriy yilning 6-7-aprel kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog'idagi sahifasi orqali to'g'ridan-to'g'ri yoritib boriladi.