O'zbekiston Respublikasi Prezidenti chet el delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi
1367
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 aprel kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassirni, Qirg'iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiyni, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nadni, Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan va BMT Bosh kotibining o'rinbosari, Evropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) Ijrochi kotibi Olga Algaerovani qabul qildi.


