1161
Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Nukus shahridagi «Prime electric engineering» korxonasida bo‘ldi. Korxona maishiy texnika ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov bu erdagi ish jarayoni, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.









