1109
Tatariston Respublikasi delegatsiyasining navbatdagi manzili «Akfa assembly» plastik oyna va eshiklarni ishlab chiqaruvchi korxona bo‘ldi. Mazkur korxona 2021-yilda ishga tushgan bo‘lib, u erda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Korxonaning ishga tushirilishi natijasida 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan eshik va oyna mahsulotlari, ularning dizayni va yuqori sifati mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi.






