1775
Yurtimizga kelgan har qanday mehmon I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyini ko‘rmastan ketmaydi. Tataristan Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov ham bu odatni chetlab o‘tmadi. Delegatsiyaning navbatdagi manzili I.V.Savitskiy nomidagi Koraqalpoq davlat san’at muzeyiga sayoxat qilish bo‘ldi. Bu muzeyga 1966 yilda asos solingan bo‘lib, muzey I.V.Savitskiyniig mexnatlari va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san’at asarlari negizida tashkil topgan. Undagi durdona asarlar butun dunyo e’tiborini jalb qilib, "Sahrodagi luvr", "Sharq gavhari" deb nomlangani bilan ahamiyatli.
Tatariston Respublikasi Raisi muzeyda saqlanayotgan bebaho eksponatlar bilan tanishar ekan, bu muzeyga turistlar oqimini yanada kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.






