Bugun Qoraqalpog'iston san’at saroyida «Tibbiyot hodimlari kuni» munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2099
Bayramda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov va yurtimiz sevgan so‘z ustasi Valijon Shamshievlar ishtirok etdi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, soha fidoyilarin bugungi bayram munosabati bilan tabrikladi.
Qisqa davr ichida Prezidentimiz tomonidan sohaga bog'liq Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Zamonaviy meditsina muassaslari qurildi, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlab, eng chekka hududlardagi tibbiyot muassaslarni tajribali kadrlar bilan ta'minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda sohada fidokorona mehnat qilayotgan hodimlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi tomonidan mukofotlandi. Bayram tadbiri kontsert dasturi bilan davom etdi.

















