Qoraqalpoǵiston Respublikasi Manaviyat va marifat Kengashining navbatdagi majlisi bulib utdi
1665
Majlisni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev olib bordi.
Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida ma'naviyat va ma'rifat yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, shu bilan birga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag'ishlangan yig'ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining milliy qadriyatlar, ma'naviyat va ma'rifat ishlarini rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbari A.Mavrulov, Jo‘qorg'i Kenges deputatlari, Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi a'zolari, vazirlik va tashkilot rahbarlari, tegishli soha vakillari hamda videokonferents aloqa orqali barcha shaxar va tuman Kengash rahbarlari ishtirok etdi.
Yig'ilishda ta'kidlanganidek rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun milliy g'oya asosida ishlarni tashkil qilish bugungi kunning eng ahamiyatli vazifalaridan biri hisoblanadi.
So‘ngi yillarda Prezidentimiz tomonidan ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlarni tubdan yaxshilash borasida natijali amaliy ishlar olib borilib, shu yo‘nalishda bir qancha qarorlar qabul qilindi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Qoraqalpog'iston bo‘limi bilan birgalikda vazirlik, tashkilot, shaxar va tuman hokimliklari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Yig'ilishda soha vakillariga xato-kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va bu yo‘nalishda ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




