Qoraqalpog'istonda yashil iqtisodiyot va innovatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda
1401
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida «yashil» va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada kengaytirish maqsadida Hukumat komissiyasining 2023 yil 29 sentyabrdagi “2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash, oliy darajadagi tashriflar va xalqaro tadbirlar doirasida erishilgan kelishuvlar holati yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g'risida”gi 85-son bayonining 7-ilovasiga asosan Ispaniya davlati Eolica Navarra korxonasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida "MINARET ECO COMPLEX" MChJ tomonidan “50 MVt quvvatiga ega quyosh elektr stantsiyasini va eko komleks tashkil etish” loyihasi 2025 yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha qiymati 50 mln. dollarni tashkil etib, shundan o‘z mablag'i – 25 mln dollar, to‘g'ridan to‘g'ri xorijiy investitsiya – 25 mln dollar. Mazkur loiyxa asosida yiliga 150 mln kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilib, 150 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar:
- quvvati 50 MVt bo‘lgan quyosh elektr stantsiyasini qurish;
- 120 xonali 4 yulduzli mehmonxona qurish
- tomchilatib sug'orish uchun ikkita suv xavzasiga ega 5 gektarli yashil hudud yaratish
- 2,5 km ĭŭl bŭĭlab obodonlashtirish
- avtomobillarga ëqilg'i qŭĭish va xizmat ko‘rsatish shaxobchasini tashkil etish
- restoran / kafe
- 110 kVt kuchlanishli yangi o‘chirib-yoqish punktini qurish;
- uzunligi 1 km bo‘lgan ikki zanjirli 110 kVt kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ini qurish.