Qabul davom etmoqda: navbat Xo'jayli, Taxiatosh, Qonliko'l va Sho'manoylik tadbirkorlarga
1456
Avval xabar qilganimizdek, 26 iyul kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov Amudaryo, Beruniy, To'rtko'l va Ellikqal’a tumanlarining tadbirkorlari bilan videokonferentsaloqa orqali qabul o'tkazgan edi.
Jo'qorg'i Kenges Raisining tadbirkorlar uchun navbatdagi vedeokonferentsaloqa orqali qabuli bugun, ya’ni 27 iyul kuni bo'lib o'tdi.
Sektor rahbarlari, vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar, huquqni muhofaza qilish organlari, tijorat banklari rahbarlari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etgan tadbirda Xo'jayli, Taxiatosh, Shumanoy, Qonliko'l tumanlarida ish olib borayotgan 50 tan ortiq tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida tadbirkorlar asosan imtiyozli kredit, er maydonini ajratish, yo'l ta'mirlash, zarurli texnikalarni sotib olishda yuzaga kelayotgan muammolar, bo'sh turgan imoratlarni “nol” bahoda sotib olish singari masalalarda murojaat etdi.
Murojaatlarning ma'lum qismi joyida o'z echimini topgan bo'lsa, atroflicha o'rganish va vaqt talab etiladigan masalalar bo'yicha tegishli soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.