Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi
1528
Dastlab Jo‘qorg'i Kenges Raisi so‘ngi yillarda mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida xalqimizning farovon turmushini ta'minlash borasidagi ishlar yanada jadallashib, shular qatorida yoshlarga berilayotgan e’tibor davlat siyosatiga aylanganini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Alohida aytib o‘tish joizki, hurmatli Prezidentimizning yoshlarga berayotgan e’tibori, yuksak ishonchi va otalarcha g'amho‘rligi natijasida ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Davlat rahbari boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator farmon va qonunlarning qabul qilingani o‘tgan qisqa vaqt ichida tuman va shaxarlarda faol yosh oilalar uchun Yoshlar uylarining topshirilganligi, bilimli, ziyrak va iqtidorli yoshlarimiz uchun zamonaviy ta'lim maskanlarining ochilishi, yoshlarga tadbirkorlik dasturi bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berilayotgani, ta'lim, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarda yoshlarimizning moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlanishi, oliy ta'lim muassasalarida qizlar uchun qo‘shimcha imtiyozlarning berilgani Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan g'amho‘rligining amaliy natijasi hisoblanadi.
O‘tgan yillarga e’tibor bilan qaraydigan bo‘lsak, yoshlarimiz hayotida katta tarixiy o‘zgarishlar va yangiliklar yuz berayotganini ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin. "Sizlar bilan uchrashuvimizdan asosiy maqsad- mamlakatimizda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, har bir yoshning fikr va takliflarini, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat"-dep aytib o‘tdi Jo‘qorg'i Kenges Raisi o‘z so‘zida.
Albatta ertamiz egalari va Uchinchi Renessans bunyodkorlari hisoblangan yoshlarga bugun katta e’tibor berilib, ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi ochiq suhbat shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan, mamlakatimizning rivoji yo‘lidagi bir qancha yangi g'oya va dasturlar bildirdi. Jo‘qorg'i Kenges Raisi yoshlarning barcha tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlashini alohida tilga oldi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida tuman va shaxar mahallalaridagi yoshlar bilan birga ishlashda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh yoshlar etakchilari taqdirlandi.









Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati