«Alg'is-2023» yilning eng faollarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
1977
Bugun Qoraqalpog'iston san’at saroyida «Alg'ыs-2023»- madaniyat va san’at sohasidagi yilning eng faollarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, hurmatli Prezidentimiz boshchiligida barcha sohalar qatorida madaniyat va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlash, sohani har tomonlama rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va ko‘rsatilayotgan g'amxo‘rliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘tgan qisqa davr ichida sohaga tegishli bir qator farmon va qarorlarning qabul qilinishi, bu sohadagi ishlar ko‘lamini yangi bosqichlarga ko‘tarmoqda. Ayniqsa, Qoraqalpog'iston bo‘yicha alohida qabul qilingan qarorlar milliy madaniyatimiz bilan san’atimizni yanada rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega. Joriy yilning10-iyul kuni «Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash jamg'armasini tashkil etish to‘g'risida»gi qarorning qabul qilinishi Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga, uning madaniyati va san’atiga bo‘lgan o‘zgacha e’tiborning yaqqol ko‘rinishi bo‘ldi desak yanglishmaymiz. 

Bugun bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida madaniyat va san’at sohasida fidoyilik qilib kelayotgan bir qator soha vakillari, yoshlar va nuroniy-ustozlar «Fidoyi mehnatlari uchun», «Milliy raqs san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun», «Yilning eng faol ijodkorlar jamoasi», «Yoshlarni tarbiyalashdagi faolligi uchun» kabi 26 nominatsiya bo‘yicha «Alg'ыs-2023» mukofoti bilan rag'batlantirilib, diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Taqdirlash marosimi madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.







