Jo‘qorg'i Kenges Raisi Xitoy davlatidan kelgan investorlar bilan uchrashdi
1543
Xitoy Xalq Respublikasi elchisining taklifi bilan Xitoyning Futszyan provintsiyasining «Sichuan Metallurgical Control Group Co., Ltd.» kompaniyasi vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaevning qabulida bo‘ldi.
Jo‘qorg'i Kengesi Raisi dastlab davlatimiz rahbarining Qoraqalpog'istonga bo‘lgan alohida e’tibori, fuqarolarimizning turmush obodonligini ta'minlash, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion jozibadorligini orttirish bo‘yicha qabul qilingan Qaror va Farmonlar to‘g'risida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda «Sichuan Metallurgical Control Group Co., Ltd.» kompaniyasi Qoraqalpog'iston Respublikasiga dastlabki bosqichda 35 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali oltin va misni qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishgacha mis klasterini tashkillashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga respublikamiz hududida yangi investitsion loyihalarni ishga tushirish, bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Xitoy-O‘zbekiston shuningdek Qoraqalpog'iston bilan birga o‘rnatilgan aloqalarni yangi loyihalar orqali yana yangi bosqichlarda davom ettirish, Qoraqalpog'istonda tog'-kon sanoatini rivojlantirish, metal rudalarini qazib olish, qayta ishlash hamda ishlab chiqarish va boshqa bir qator loyihalar to‘g'risida so‘z yuritildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati