Taxiatosh tumanidagi “Bolalar uyi” tarbiyalanuvchilariga Prezident sovg'alari topshirildi
2249
Bolalar bizning kelajagimiz, ertamiz egalari, savobli ishlarimizning davomchilari va ko‘zimizning nurlari. Shu sababli, ularga qancha e’tibor bersak, mehr ko‘rsatsak arziydi. Ularga g'amho‘rlik qilish, bolajon va mehrli xalqimizning insoniylik fazilatlaridan biridir. Farzandlarimizning bizdanda baxtli va farovon hayotda yashashi uchun bugun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Taxiatosh “Bolalar uyi” da tarbiyalanayotgan bolajonlarga Prezident sovg'alarini topshirish va yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun mazkur dargohga tashrif buyurdi.
Qish ziynatlari bilan bezatilgan yangi yil archasi atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida, jajji bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va musiqali chiqishlar mehmonlarga manzur bo‘ldi.
Bolalar hamisha Prezident e’tibori va g'amho‘rligida, bugun bayram arafasida ularga Prezidentimizning sovg'alari topshirildi va kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklandi.
Shu bilan birga Jo‘qorg'i Kenges Raisi Taxiatosh “Bolalar uyi” dagi sharoitlar va unda tarbiyalanayotgan bolalarning bugungi ahvoli bilan tanishdi.





