Juqorǵi Kenges Raisi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga Prezident sovǵalarini topshirdi
1463
Bag'rikenglik, bolalarni sevish, mehr-muruvvatli bo‘lish xalqimizning eng yuksak insoniy fazilatlari sanaladi.
Ayniqsa bolalarga g'amho‘rlik ko‘rsatib, ularni mehr-muruvvatli inson qilib kamolga etkazishga davlat darajasida e’tibor qaratilayotganini alohida ta'kidlab o‘tishimiz zarur.
Hozirgi kunda Taxiatosh tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyida 6 nafar, 2-sonli oilaviy bolalar uyida 9 nafar bolalar tarbiyalanib voyaga etmoqda. Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev mazkur oilalardagi bayram tadbirlarida ishtirok etdi.
Jo‘qorg'i Kenges Raisi bolalarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga Prezidentimizning tabrigi va sovg'alarini topshirdi.
Bolalar har doim Prezidentimizning e’tibori va g'amho‘rligida ekanligini ta'kidlab, ularning har tomonlama etuk, aql-farosatli, zamon bilan hamnafas, komil inson bo‘lib kamol topishida barcha imkoniyatlar yaratilishini bildirdi.
Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Yangi yil bayramiga bag'ishlangan raqslar va musiqali chiqishlarini mehmonlarga namoyish etdi.


