Kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2357
Nukus shahridagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida (Manej) sportning kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay O‘rinbaev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqaning ochilishi munosabati bilan tabrikladi va omad tiladi.
Aytish joizki, so‘ngi yillarda yurtimizda muxtaram Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni sportga keng jalb qilishga, Olimpiya sport turlari bilan bir qatorda milliy sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uch yarim ming yillik tarixga ega, o‘zida mardlik, jasorat, vatanparvarlik g‘oyalarini mujassam etgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va uni dunyoga tanitish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Albatta, mana shunday musobaqalarning o‘tkazilishi yurtimizda kurash sport turini yanada ommalashtirishda va xalqaro musobaqalar g‘oliblarini tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘tkazilgan tadbir davomida o‘z vazn toifasi bo‘yicha g‘oliblar qatoridan joy olgan polvonlarga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.