«Imkon» maktabgacha ta'lim tashkilotida Yangi yil bayrami nishonlandi
1869
Bayram oldidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi «Imkon» reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, ushbu markazda tarbiyalanayotgan bolalarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Har bir bola ushbu maskandan shifo topib, kundalik turmush sharoitiga qaytishini tiladi. Shuningdek bolalarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida ularga yangi yil sovg'alari topshirildi.
«Imkon» markazida tashkillashtirilgan yangi yil bayrami bolalar bilan birga yangi yil archasi atrofida qo‘shiqlar, ezgu tilaklar aytilib, o‘yin-kulgular bilan davom etdi.



