Qishloq xo‘jaligi sohasida samaradorlikni oshirish bo‘yicha ahamiyatli seminar bo‘lib o‘tdi
1557
Taxiyatosh tumanida Xlorella mikroorganizmini etishtirish va uni qishloq xo‘jaligi hamda baliqchilikni rivojlantirishda keng foydalanish uslublari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbaev so‘zga chiqib, xlorella mikroorganizmini qishloq xo‘jaligi hamda baliqchilikni rivojlantirishda keng foydalanish, turli kimyoviy o‘g'itlarning o‘rniga qo‘llash imkoniyati mavjudligini ta'kidladi.
Seminarda shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi hodimlari va mahalliy dexqon, fermerlar ishtirok etishdi.
Bundan keyin, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo‘limi Hayvonotlar ekologiyasi labaratoriyasi 2-bosqich doktoranti Sevara Rustamova o‘zining xlorellani etishtirish, uni qishloq xo‘jaligi, baliqchilik sohasida foydalanish, samaradorlikga erishish bo‘yicha ilmiy izlanishlari va amaliyotda erishgan natiyjalari bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar davomida xlorella biooziqligini keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali, sho‘r yuvishda foydalanish, bug'doy etishtirishda samaradorlikga erishish bo‘yicha ham so‘z yuritildi.



