Respublika hududiy perinatal markazida o‘rganish ishlari olib borildi
1268
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi Z.Reymova tomonidan Respublika hududiy perinatal markazida o‘rganish ishlari olib borildi. Mutasaddilar bilan birga markazda korruptsion holatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘layotgan ta'magirlik holatlari o‘rganildi. Shuning bilan birga, o‘rnatilgan Adolat qutichalarida fuqarolar tomonidan qoldirilgan murojaatlar mutasaddilar bilan birga ko‘rib chiqildi. Shuningdek, onalar va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilganida bir qator kamchiliklar aniqlandi va ayrimlari joyida hal qilindi.
Bundan keyin, markaz hodimlari bilan birga uchrashuv tashkil etilib, fuqarolarning ko‘plab noroziliklariga sabab bo‘layotgan ayirim bo‘limlardagi ta'magirlik holatlar albatta javobgarlikga sabab bo‘lishi ta'kidlandi. Mutasaddilar tomonidan aniqlangan faktlar bo‘yicha ham tushintirishlar berilib, korruptsiyaga qarshi kurashda har bir hodim birgalikda harakat qilishi kerakligi tushintirildi.



