Joriy yilning 10-yanvar kuni hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raxbarligida Qoraqalpog'iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha loyihalar tahlili va kelgusi vaziyfalar muhokamasi bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi
1535
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kenges Raisi 2024 yilda Qoraqalpog'istonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar prezentatsiyasi bilan tanishtirdi.
Takidlash joyiz respublikamizda 120 ming yangi ish o‘rni yaratish belgilangan bo‘lsa, shundan, 65 ming ish o‘rni qishloq xo‘jaligi sohasida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va Qoraqalpog'istonda investitsion jozibadorlikni oshirish, ushbu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tarixiy farmonlar qabul qilingan edi.
2024 yilda Prezidentimiz topshirig'i bilan qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ham Qoraqalpog'istonga alohida imtiyoz berish masalasida yana bir ahamiyatli qaror loyihasini ishlab chiqish topshirig'i berildi va oldin bo‘lmagan imtiyozlar yaratilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, IT sohasi, turizm sohasi bo‘yicha ham yangi qaror loyihalari ishlab chiqilishi va bir qator imtiyozlar berilishi kutilmoqda.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati