22-yanvar kuni Sinczyan-Uyǵur avtonom rayonining Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
1805
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Dastlab, vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 1200 dan ortiq vakillari ishtirokida forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Jo‘qorg'i Kengesi Raisi so‘zga chiqib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichiga ikki davlat rahbarlarining oqilona, uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosati tufayli erishilganini ta'kidladi.
Forum ishtirokchilarining e’tibori O‘zbekistonda, shuningdek Qoraqalpog'istonda investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga qaratildi.
Hududlar va ishbilarmon doiralar vakillarining bevosita o‘zaro hamkorligini oshirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishning keyingi qadamlari va istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
Forum “V2V” va “V2G” muzokaralari bilan davom etdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy tomonining rasmiylari va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi va iqtisodiyotning turli sohalarida o‘zaro manfaatli yangi shartnoma va bitimlar tuzishga muvaffaq bo‘lishdi.


