Qoraqalpog'istonda yirik loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda
1830
Xitoy Xalq Respublikasining Sintszyan-Uyg'ur avtonom rayonining Urumchi shahrida O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumida ishtirok etayotgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi rahbarligidagi Qoraqalpog'iston delegatsiyasi forum doirasida Xitoy kompaniyalari vakillari bilan o‘zaro muloqot olib borib, ularning ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘z navbatida Qoraqalpog'istonda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, investitsion jozibadorlikni orttirish, investorlarga imtiyozlar yaratish borasida hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog'istonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham keng ma'lumot berildi.
Forum doirasida Sintszyan-Uyg'ur avtonom rayoni Aksu okrugi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tumani o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, ta'lim, sog'liqni saqlash va turizm sohalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik qilish, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralarni kengaytirish, investitsion loyihalarni amalga oshirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha keng qamrovli kelishuvga erishildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati