Qoraqalpog'istondagi ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
515
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan (O‘RQ-845, 12.06.2023 y) ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog'iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlar (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining 50 foizi va undan ortig'i ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) 2028 yil 1 yanvargacha:
foyda solig'i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig'ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha, YaTTlar esa yiliga BHMning bir baravari (340 ming so‘m) miqdorida to‘laydi.
Agar soliq to‘lovchi mazkur imtiyozlar bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli bo‘ladi.
Ilgari bunday imtiyoz mavjud emas edi.