Jo‘qorg'i Kenges Raisi tadbirkorlarni qabul qildi
1338
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi tomonidan respublikamiz hududidagi tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasida har haftaning juma kuni «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etilgan. Bugun Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev «Ochiq eshiklar kuni» doirasida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflari bo‘yicha qabul o‘tkazdi.
Unda shahar va tumanlardan qator tadbirkorlar, tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi. Qabulda asosan o‘z tadbirkorligini rivojlantirish borasida uchrayotgan muammolar, moliyalashtirish va kredit ajratish masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, er maydonlarini ajratish, ishlab chiqarishni kengaytirish masalalarida murojaatlar bildirilib, Jo‘qorg'i Kenges Raisi tomonidan barcha muammolar tinglandi. Bildirilgan murojaatlarning ko‘pchiligiga joyida echim topish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, vaqt talab etadigan murojaatlar Jo‘qorg'i Kenges Raisining nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy echim topish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Xar haftaning juma kunida o‘tkazilishi belgilangan Ochiq eshiklar kunida tadbirkorlar oldida uchrayotgan to‘siqlar va muammolarni bartaraf etish, ularning taklif va fikrlarini tinglash bilan birga biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun Shtab a'zolari ham faoliyat olib boradi va bu doimiy ravishda davom ettiriladi.






Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati