Qoraqalpog'iston Respublikasida Respublika ishchi guruhi rahbarligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi
1153
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xodjaev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining katta majlislar zalida investitsiya loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.Kosimov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanovlar ishtirok etdi.
Aytish joizki, joriy yilda Qoraqalpog'iston Respublikasida davlat investitsiya dasturlari doirasida qator yirik va istiqbolli investitsiya loyihalari shakllantirilgan bo‘lib, mazkur loyihalarning ishga tushirilishi natijasida aholi uchun yangidan doimiy va daromadli ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Kengaytirilgan majlis davomida bugungi kunda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida ijobiy echim topish choralari ko‘rildi. Shuningdek, mazkur tadbir davomida xitoylik investorlar bilan ZOOM orqali ulangan holda, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari to‘g'risida kelishib olindi. Bundan tashqari, vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi. Majlis so‘ngida vazifalar belgilab olindi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati