8-sonli Oilaviy Poliklinika foydalanishga topshirildi
1574
Bugun Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 8-sonli Oilaviy Poliklinikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, yangi oilaviy poliklinikaning ochilishi bilan tabrikladi. 

Aytish joizki, so‘ngi yillari yurtimizda barcha sohalar qatorida tibbiyot sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada hurmatli Prezidentimizning rahbarligida ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu asosda xalqimizning sog'lig'ini yaxshilash, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining faoliyatini tubdan takomillashtirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 

Prezidentimizning qarori asosida Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 8-sonli Oilaviy Poliklinikasining 350 qatnovga ega imoratini yangidan qurish uchun 9 mlrd. so‘m mablag' ajratilib, qurilish ishlari sifatli yakuniga etkazildi. Albatta, bu yangi ob’ektning foydalanishga topshirilishi xalqimizga birlamchi tibbiy xizmatni yanada yaxshilashda ahamiyat kasb etib, uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qilishi aniq.






Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati