Nukus shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog'iston filiali yangi imoratining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2262
Unda Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, yangi imoratning foydalanishga topshirilishi bilan soha xodimlarini tabrikladi va hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan bunday tibbiy markaz O‘zbekiston bo‘yicha birinchi bo‘lib, Qoraqalpog'istonda qad ko‘targanini takidladi. Aytish joizki, yurtimizda barcha sohalar qatorida sog'liqni saqlash sohasida ham ulkan o‘zgarishlar bilan yangilanishlar yuz bermoqda. Sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar, belgilab berilgan vazifalar keng ko‘lamli ishlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shunday ezgu ishlarning davomi sifatida bugun Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining yangi imorati foydalanishga topshirildi. 

Hurmatli Prezidentimizning qarori bilan ajratilgan 61 mlrd. so‘m mablag' asosida 4 qavatli yangi imorat zamonaviy asbob-uskunalar va zarur inventarlar bilan ta'minlandi. Yaratilgan sharoitlar natijasida bugungi kunga qadar Toshkent shahrida o‘tkazilib kelingan ayrim murakkab operatsiyalarni Markazda o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Imorat 130 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bundan tashqari, qo‘shimcha 50 o‘rin tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda. 
Shuningdek, chet elning tajribali shifokorlari kasalxonaga kelishi va ayrim murakkab operatsiyalarni sun’iy intellekt yordamida amalga oshirish, Markaz shifokorlarining Evropa va dunyo mamlakatlariga tajribasini oshirish maqsadida yuborilishi va shu asosda Markazning o‘zida chet eldan kelgan tajribali shifokorlarning master-klasslar tashkillashtirilishi kutilmoqda. Ochilish marosimi davomida Jo‘qorg'i Kenges Raisi Markazda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.




