Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Kembridj xalqaro eksperti Stiv King bilan uchrashdi
1286
Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri X.Umarova videoaloqa orqali, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri G.Kojabaeva ishtirok etdi. Uchrashuvda ta'lim sohasida innovatsion yangilanishlarni, umum o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta'lim dasturlarini joriy etish, ta'lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xalqaro tashkilotlar bilan birga ishlash va boshqa ahamiyatli masalalar bo‘yicha muloqot olib borildi. Shuning bilan birga, hurmatli Prezidentimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan e’tibor alohida ta'kidlandi. Unda shuningdek, respublikamizda davlat umum o‘rta ta'lim maktablarida xalqaro «Kembridj» o‘quv dasturini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Aytish joizki, Nukus shahridagi 46-son maktab (Progress) respublikamizdagi eng oldingi maktablardan biri bo‘lib, o‘quvchilarga yuqori darajada sifatli ta'lim berishda alohida o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Ammo, ayrim sabablarga ko‘ra ko‘rsatkichlari biroz pasayib, bilim berish darajasini isloh qilish talab etilmoqda. Shu maqsadda respublikamizda birinchi marta 46-son umum o‘rta ta'lim maktabida (Progress) xalqaro tan olingan Kembridj o‘quv dasturi asosida o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. O‘tkazilgan uchrashuvda ta'lim sohasini rivojlantirish, bu borada rejaga kiritilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, hamkorlikni mustahkamlash ahamiyatli ekanligi ta'kidlandi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati