Ellikqal’a tumani hokimi tayinlandi
2606
Shu yilning 14-fevral kuni xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashining navbatdan tashqari 71-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev qatnashdi.
Sessiyada Niyazimbetov Valijon Batirbaevich Ellikqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Ma'lumot uchun, V.Niyazimbetov faoliyati davomida bir qancha mas’ul lavozimlarda muvafaqqiyatli faoliyat olib borgan.
Jumladan, Ellikqa'la tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari va shu kunga qadar To‘rtko‘l tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.
Sessiya so‘ngida tuman sektor rahbarlarining 2024 yilda amalga oshirishi rejalashtirilgan vazifalari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.

