Qoraqalpog'iston Respublikasi sovutgichli sig'imlar uyushmasiga a'zo sub’ektlarga sovutgichli sig'imlarni qurish va jihozlash hamda energiyasi iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi
2057
Qaror bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi sovutgichli sig'imlar uyushmasiga a'zo sub’ektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovutgichli sig'imlarni qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiyasi iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g'risidagi nizom tasdiqlandi.
Uyushmaga a'zo sub’ektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovutgichli sig'imlarni qurish va jihozlash xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Ariza beruvchi subsidiya ajratish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga «Agro-subsidiya» axborot tizimi orqali elektron ariza bilan murojaat qiladi.
Agentlik subsidiya mablag'larini uch ish kuni ichida sub’ektning tijorat bankdagi asosiy hisobvarag'iga o‘tkazib beradi.
Elektr energiyasi iste’molchisi hisobot oyida sarflagan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini, lekin har bir hisobot oyi uchun 15 ming kilovatt soat elektr energiyasi qiymatidan oshmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan qoplash uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti bilan tuzilgan taqqoslash dalolatnomasi va hisob-fakturalarni hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar «Agro-subsidiya» axborot tizimi orqali Agentlikga taqdim etadi.
Agentlik subsidiya mablag'larini sub’ektning tijorat bankdagi asosiy hisobvarag'iga o‘tkazib beradi.